21 – mart kuni Jizzax shahrida joylashgan yoshlar shaharchasida «Navro’zni ulug’lash insonni ulug’lashdir» shiori ostida viloyatimiz asosiy bayram tantanalari bo‘lib o‘tdi.
Yoshlar shaharchasi bayramona bezatilib, maxsus joylar ajratildi. Ushbu ajratilgan joylarda milliy urf-odatlarimiz aks etgan о‘yinlar, milliy taomlar, hunarmandlar kо‘rgazmalari tashkillashtirildi.
Tayyorlangan konsert dasturida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyat bo‘linmasi direktori va viloyat ommaviy va madaniy tadbirlar bosh rejissyori O.Orinov boshchiligida bo‘linma xonandalari va raqqosalari taniqli san’atkorlarning kuy qо‘shiqlari yig‘ilganlarda katta ta’surot qoldirdi.Konsert yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.