Menu Close

Malaka oshirish kursi o‘quvchilariga setifikatlar topshirildi!

Xabar berganimizdek, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi tomonidan hududiy bo‘linmalar xodimlari uchun Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universitetida «Raqamlashtirish va raqamli boshqaruv» yo’nalishi bo’yicha malaka oshirish kursi tashkil etildi.

36 soatlik mazkur malaka oshirish kursida xodimlar raqamli boshqaruv, elektron hujjat aylanishi, axborot xavfsizligi, sun’iy intellekt va boshqa zamonaviy IT-platformalardan foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlarni o‘zlashtirishdi.

Ushbu o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagani uchun barcha xodimlarga Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi tomonidan maxsus sertifikatlar taqdim etildi.

Kurs yakunida O’zbekiston davlat filarmoniyasi Bosh direktori Anvar Tojiboyev hududiy bo‘linmalar xodimlari bilan uchrashib, tizimni raqamlashtirish, sohaga sunʼiy intellekt va boshqa platformalarni keng joriy etish yuzasidan muloqot qildi.

Uchrashuv davomida xodimlarning ham takliflari, fikr va mulohazalari tinglandi. Filarmoniya rahbari xodimlarga malaka oshirish kursi davomida o‘zlashtirgan bilimlarini amaliyotga samarali qo‘llashlarini bildirib, keyingi faoliyatlariga muvaffaqiyat tiladi.

Shundan so‘ng, xodimlarga universitet tomonidan berilgan setifikatlar topshirildi.

O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan