? Lektoriy konsert – yoshlar uchun saboqlar!!!
Bugun 15-may kuni Do’stlik tumanidagi 13-sonli va 20-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-2-3-4-5-sinf o‘quvchilari uchun O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyati bo‘linmasi ijodiy jamoasi tomonidan lektoriy konsertlar namoyish etildi.
Konsert jarayoni o‘quvchilar bilan ochiq muloqot, savol-javob tarzida o‘tkazilib, bolalar musiqiy san’atning mazmuni va ijro uslublari haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Mazkur konsertlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi 112-son qarori asosida o‘quvchi va talabalarning musiqiy madaniyati va savodxonligini yuksaltirishga, estetik did va musiqani his qilishiga qaratilgan amaliy mashg‘ulot tarzida o‘tkazib kelinmoqda.
O’zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyat bo‘linmasi axborot xizmati