Menu Close

2025-yilning 14-avgust kuni Jizzax shahrida joylashgan Bahora tantanalar majmuasida Jizzax viloyatida istiqomat qiluvchi chernobil falokatida ishtirok etgan 100 nafar faxriy va nogironlar hamda viloyat faollari va oqsoqollariga viloyat hokimining bayram dasturxoni tashkil etildi.
Tadbirga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyat bo‘linmasi direktori o‘rinbosari Sanjar Xolxo‘jayev boshchiligida bo‘linma xonandalari Gulchehra Xayrulina,Arofat Mo‘minova,Husan Jo‘rayevlar hamda suhandon Jumabek Gulboyevlar va Afsona raqs jamoasi tomonidan ko‘ngilochar konsert dasturi namoyish etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan