2025 yilning 26 – avgust kuni Sharof Rashidov tumanida joylashgan Markaziy o‘yingohida soat 19:00 da Mustaqilligimizning 34 – yilligi bayram tantanalari munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
⚡️Bayram tantanalarida poytaxdan tashrif buyurgan estrada xonandalari bilan birga O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyat bo‘linmasi direktori,viloyat ommaviy va madaniy tadbirlar bosh rejissyori O.Orinov boshchiligida bo‘linmaning ijodiy jamoasi xonanda va raqqosalari ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.Konsert davomida yangragan sho‘x kuy qo‘shiqlar xalqimiz etirofiga sazovor bo‘ldi va raqslarga ulanib ketdi