Yurtimiz bo‘ylab Navro‘z shukuhi kezib yuribdi.Barcha mahalla ovullarda shahrimiz markazlarida bayram sayllari bo‘lib o‘tmoqda.
Shunday katta sayllardan biri joriy yilning 14-mart kuni Arnasoy tumani markaziy o’yingohida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tdi.
Bayram dasturida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyat bo‘linmasi xonadalari Akmal Isroilov,Sanjar Xolxodjayev,Iroda Xo’janova hamda Dilshod Erkinovlar o‘zlarining bahorni,yoshlik,sevgi muhabbatni tarannum etuvchi kuy qo‘shiqlari bilan faol ishtirok etdilar.
Navro‘z_2026.